Xususiy ajrim muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Paxtachi tuman A.Temur mahallasida 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro I.Shukurovga nisbatan tuman sudining raisi A.Xolboyev tomonidan 30.01.2025 yil chiqarilgan hukmi yuzasidlan joylarda shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida chiqarilgan xususiy ajrim muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda o‘sib borayotgan yosh avlod hamda yig‘ilish qatnashchilariga jinoyat uchun jazo muqarrarligi I.Shukurov miqiyosida ko‘rsatib o‘tildi.


Mazkur yig‘ilish shu bilan cheklanib qolmasdan yoshlarni Vatanga muhabbat ruyida tarbiyalash yuzasidan aholiga ko'plab tavsiya va maslahatlar berib o‘tildi.




