“Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Bugun 23 yanvar kuni Paxtachi tumanda viloyat Nuroniy jamg‘armasining reja grafigiga asosan tumandagi Sardoba mahallasi hududidagi 6 maktabda “Uch avlod uchrashuvi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mahalla “Keksalar maslahat guruhi” a’zolari, xotin-qizlar va muammoli yoshlar, maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi M.Samandarov ishtirok etib, oilalarda tinchlik, osoyishtalik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga doir masalalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi PQ-405-sonli ”Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i U.Qurbonov, Sardoba mahallasi “Keksalar maslahat guruhi rahbari” B.Sattarovlar so‘zga chiqishib, mahallada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar, yoshlar bilan ko‘proq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish lozimligi, keksa nuroniylar o‘rtasida “Aql charhi” shaxmat-shashka sport musobaqalari, piyoda yurish tadbirlarini o‘tkazilishi yuzasidan vazifalar belgilab oldilar.