insurez
11-10-2025 08:30

Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yuksaltiradi


Kuni kecha juma kuni an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati” Paxtachi tumanidagi barcha tashkilot, korxona va muassasalarda xodimlar hamda davlat xizmatchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimizga alohida e’tibor qaratilib, xodimlar o‘zbek milliy liboslarida qatnashishdi. Milliy kiyimlarimiz — bu nafaqat libos, balki xalqimizning boy tarixi, madaniyati va san’atining ajralmas qismidir.

 

 

 

Atlasdan tikilgan liboslar, o‘zbek do‘ppisi va milliy bezaklar kishiga go‘zallik, o‘ziga xoslik hamda milliy g‘urur baxsh etadi.

Mazkur tashabbus davlat xizmatchilarining siyosiy-ma’rifiy bilimlarini oshirish bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga ham xizmat qilmoqda.

Teglar
- -