insurez
28-11-2024 15:17

Qanday hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmati faqat migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi?


Paxtachi tumani IIB M va FRB bo‘limi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar keng targ‘ib etib kelinmoqda. Masalan, ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan xorijga chiqish biometrik pasporti xizmatdan foydalanuvchi murojaat etib, tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan kundan boshlab, YAIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, ma’lumotlarni yig‘ish punktida xizmatdan foydalanuvchining biografik ma’lumotlarini, qo‘l barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) to‘plash, yuzni to‘g‘ridan raqamli formatda rasmga olish ishlari amalga oshirilgan paytdan boshlab, o‘n ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan alohida hollarda — bir oy) ichida taqdim etiladi.
Quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmati faqat migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi:
fuqaro doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketayotganda;
tegishli Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida rasmiylashtirilishi shart bo‘lgan hollarda;
xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganda;
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan to‘xtatib turilganda.

Sarvar MEHRIDDINOV, 
Paxtachi tumani IIB M va FRB boshlig‘i

Teglar
- -