insurez
29-01-2025 15:51

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda


Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida FVB xodimlar tomonidan 21-maktabda ko‘rgazmali profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda o‘quvchilar bilan is gazidan zahalanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi va yong‘inlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tushuntirish ishlari o‘tkazilib, yong‘in sodir bo‘lganda qay tartibda harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish qoidalari tushuntirildi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz yoshlarni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish bilan bir qatorda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda  vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda qanday harakat qilishni o‘rgatishdan iborat.

Teglar
- -