Paxtachi tumanida Respublika Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi bilan muhokama o‘tkazildi
Bugun Paxtachi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3-yanvardagi 1-sonli Qarori muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda qizil toifadagi mahalla yettiligi tahlil qilindi va mazkur hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda “Havfsiz hudud” tamoyilini jadallik bilan amalga oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mahalliy aholi bilan hamkorlikda ish olib borish mexanizmlari muhokama qilindi.
🇺🇿Mazkur uchrashuv doirasida ishchi guruh va mahalliy rahbarlar O'zbekiston Respublikasi IIV dan mayor R.Adilov, Samarqand viloyati IIB dan polkovnik S.Mirsaidov, Paxtachi tuman IIB rahbari Podpolkovnik U.Xalimovlar tomonidan ijtimoiy xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.