insurez
10-10-2025 15:43

Paxtachi   tumani   prokurori  o‘rinbosarining aholiga murojaati


Paxtachi   tumani   prokurori  o‘rinbosarining aholiga murojaati

 

Assalomu   alaykum,   hurmatli   Paxtachi tumanii   aholisi   va   mehmonlari!

Xabaringiz bor muhtaram Prezidentimizning   qarorlariga   asosan   har   oy   ommaviy   axborot   vositalari,   shu   jumladan,   internet   tarmoqlari   orqali   mahallalardagi   kriminogen   vaziyat   yuzasidan   aholiga   «profilaktik   -   ogohlantiruvchi   murojaat”   bilan   chiqish   belgilandi.  

Shu   bois   belgilangan   rejaga   asosan   profilaktik   -   ogohlantiruvchi   murojaat   bilan   chiqish   qilib kelinmoqdaman.

Joriy   yilining   o‘tgan sentyabr   oyida   tumaniimizda   jami   79   ta   jinoyat   sodir   etilganligi   jinoyatchilik   sur’ati   yuqori   ko‘rsatkichni   qayd   qilgani   barchamizni   tashvishga   solishi   lozim.

Jinoyatchilikni   tahlil   qilganimizda,   oldini   olish   mumkin   bo‘lgan   jinoyatlar   37   ta   sodir   qilinib,   shundan   shaxsga   qarshi   jinoyatlar 8 ta, iqtisodiyot   sohasidagi   jinoyatlar 16 ta,   jamoat   xavfsizligi   va   jamoat   tartibiga   qarshi   jinoyatlar  13  tani   tashkil   qilgan.

Muqaddam   bir  necha bor   murojaatlarimizda   qayd   qilinganidek,   sodir  etilayotgan   jinoyatlarning   deyarli  
30   foizi   axborot   texnologiyalaridan   foydalangan   holda   fuqarolarning   plastik   kartochkalaridagi   pul   mablag‘larini   talon-toroj   qilish   jinoyatlarini   tashkil   etayotganligi   jinoyatchilikka   qarshi   kurashishda   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlar   va   jamoatchilikning   oldida   jiddiy   muammolar   turganligidan   dalolat   beradi.  

Tumanimiz   fuqarolari   ham   mazkur   toifadagi   jinoyatlarning   jabrlanuvchisiga   aylanishayotgani,   ya’ni   uddaburon   jinoyatchilar   tomonidan   joriy   yilning   sentyabr   oyida   20   nafar   fuqarolarning   plastik   kartasidagi   pul   mablag‘larini   talon-toroj   qilishganligi   tashvishli   xoldir.   Bu   esa   barchamizni   ogox   va   xushyorlikka   davat   etadi.  

Misol   uchun,   fuqaro   Sh.Mirzakulov   tuman   IIBga   ariza   bilan   murojaat   qilib,   unda   2025   yilning   23   avgust   kuni   uning   bank   plastik   kartasida   mavjud   bo‘lgan   jami  
24   mln.   so‘m   miqdoridagi   pul   mablag‘lari   noma’lum   shaxslar   tomonidan   uning   roziligisiz   yechib   olinganligini   bildirib,   qonuniy   chora   ko‘rishni   so‘rab   murojaat   qilgan.

Mazkur   holat   yuzasidan   O‘zbekiston   Respublikasi   JKning   169-moddasi   3-qismi   “b”   bandi   jinoyat   ishi   qo‘zg‘atilib,   hozirda   tergov   harakatlari   o‘tkazilmoqda.   

Yoki,  fuqaro   Z.Abdurasulova   tuman   IIBga   ariza   bilan   murojaat   qilib,   unda   2025   yilning   19-20   avgust   kunlari   bank   plastik   kartasida   bo‘lgan   jami   34   mln.   so‘m   miqdoridagi   pul   mablag‘larini  "Internet" ijtimoiy tarmog‘idagi "Telegram" messenjerida "Muhayyo" nomli akkaunt egasiga pullarini ko‘paytirib   berishi  uchun  noma’lum   shaxsga o‘tkazib berib aldanib qolganligini   bildirib,   qonuniy   chora   ko‘rishni   so‘rab   murojaat   qilgan.

Mazkur   holat   yuzasidan   O‘zbekiston   Respublikasi   JKning   168-moddasi   3-qismi   “g”   bandi   jinoyat   ishi   qo‘zg‘atilib,   hozirda   tergov   harakatlari   o‘tkazilmoqda.

Ana   shunday   sharoitda   huquq   -   tartibot   organlari   va   fuqarolarning   hamjihatligi,   hamkorligi   har   qachongidan   ham   muhim   ahamiyatga   ega.

Aziz  fuqarolar   oxirgi   vaqtdalarda   velosiped,   skuter,   samakat   va   boshqa   yengil   rusumli   biror   himoya   vositasiga   ega   bo‘lmagan   transport   vositasini   yo‘l   harakati   qoidalariga   rioya   qilmasdan   boshqarishi   natijasida   katta   hajmdagi   transport   vositalari   bilan   to‘qnashuv   sodir   qilishi   oqibati   og‘ir   oqibatlarga   hatto   ayrim   hollarda   o‘lim   bilan   yakun   topmoqda.

Misol   uchun,   joriy yilning 14 sentyabr kuni soat
16:00 larda haydovchi S.Oblaqulov "Jentra" rusumli 85 R 805 MA davlat raqam belgili avtomashinasini tumanning, "Burqut" mahallasi ichki yo‘li, "Burqut-Qo‘shxovuz" yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borib, avtomashina tormoz pedali hamda qo‘l tormozini bir vaqtda bosganligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketishi natijasida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ukasi K.Oblaqulov olgan og‘ir tan jarohatlari sabab tumani tibbiyot birlamshasida vafot etgan.

Mazkur   holat   yuzasidan   O‘zbekiston   Respublikasi   JKning   266-moddasi   2-qismi   jinoyat   ishi   qo‘zg‘atilib,   hozirda   tergov   harakatlari   o‘tkazilmoqda.   

Yoki, joriy yilning 05 sentyabr kuni soat 20:00 larda haydovchi Xaydarova "Onix" rusumli 30 T 059 OV davlat raqam belgili avtomashinasini tumanning, "Mirzo Salimiy" mahallasidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining "Samarqand-Buxoro" yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lning chap tomondan o‘ng tomoniga velosipedda kesib o‘tayotgan Mamarasulovni urib yuborib, yo‘l transport xodisasini sodir qilgan oqibatda Mamarasulov turli og‘ir darajada tan jarohati olib, tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur   holat   yuzasidan   O‘zbekiston   Respublikasi   JKning   266-moddasi   1-qismi   jinoyat   ishi   qo‘zg‘atilib,   hozirda   tergov   harakatlari   o‘tkazilmoqda.

Shu   bois,   aziz   ota-onalar,   aka-uka   va   opa-singillar   barchangizdan   yengil   rusumli   biror   himoya   vositasiga   ega   bo‘lmagan   hamda   yuqori   xavf   manbai   bo‘lgan   transport   vositasilari   ya’ni   velosiped,   skuter,   samakat   va   shu   kabi   vositalarni   boshqarishda   Sizlardan   yo‘l   haraqati   qoidalariga   rioya   qilishingizni   so‘raymiz.

Muhtaram   Prezidentimizning   mahallalarda   xavfsiz   muhitni   yaratish   bo‘yicha   PQ-1-sonli   Qarori   ijrosini   ta’minlash,   Siz   azizlarni   jinoyatlardan   jabrlanib   qolish   ehtimolingizni   oldini   olish   maqsadida   tumanimizdagi   kriminogen   vaziyat   yuzasidan   mazkur   murojaatimni   yo‘llamoqdaman.

Aziz   tumanimiz   ahli!

         Xalqimizning   farovon,   tinch   va   osoyishta   hayot   kechirishini   ta’minlash,   mamlakatimizni   har   tomonlama   taraqqiy   ettirish,   barcha   prokuratura   organlari   xodimlarining   oliy   maqsadidir.

Ishonchim   komilki,   ushbu   murojaatim   Sizlarni   befarq   qoldirmaydi.

Paxtachi tumani   prokuraturasi   va   tumandagi   barcha   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlar   bu   borada   Sizga   hamisha   eng   yaqin   ko‘makchi,   huquqlaringiz,   mol   -   mulkingiz   himoyachisi   bo‘lib   qolaveradi.

O‘zingiz,   oilangiz   va   yurtimiz   kelajagiga   befarq   bo‘lmang   va   o‘zingizni   ehtiyot   qiling!

 

Paxtachi tuman prokurorining o'rinbosari

Raximov Ulug'bek Mamasoliyevich

Teglar
- -