"Paxtachi oxunda suv yo’q" deb nomlangan videolavhaga MUNOSABAT
Munosbat
Shomuradovakbar16 instagram profilida "Paxtachi oxunda suv yo’q" deb nomlangan videolavha joylangan.
Videolavha egasi o’zi yashaydigan joyni nazarda tutayotgan bo’lsa “Oxun” deb nomlanmasligini bilmasligi kulguli. Paxtachi tumanida tarixda ham “Oxun” deb nomlangan joy bo’lmagan. Agar Shomurodov o’zi yashaydigan Paxtachi tumani “Toma” mahallasi atrofini nazarda tutayotgan bo’lsa Paxtachi tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasi shuni yozib ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2024 yildagi PQ-5-sonli “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarori ijrosi yuzasidan tumanda sug‘orish suvi og‘ir hududlarni suv bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Bugungi kunda tumanimizga “Narpay” kanali orqali 22 m/s3 suv kirib kelmoqda, shundan, 1,3 m3/s-1,9 m3/s Nodim Ziyovuddin MMTP hududi (Oxun)ga suv o‘tkazilib, shu hududdagi klaster va fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlariga, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer maydonlariga suv yetkazilib berilayotganligini ma’lum qilamiz.
Paxtachi tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasi