insurez
10-07-2025 09:44

O‘simlik va zararko‘nandalarni  erta aniqlash


Tabiatda shunday o‘simlik va xashorat turlari  borki ularga qarshi ko‘rash choralari yo‘q yoki nihoyatda qiyin va qimmatga tushadi. Shu sababli bunday o‘simlik va zararko‘nandalarni  erta aniqlash, tarqalib ketishini oldini olish va yo‘q qilish muhim ahamiyatga ega. Qo‘yida shundan karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar bilan tanishtirishni lozim topdik.

DEVPEChAK (Cuscuta L.) — chirmovuq-doshlar (Cuscutaceae)ra mansub bir va ko‘p yillik tekinxo‘r o‘simlik. Vatani — Amerika va Afrika. O‘rta Osiyoda 5 turi tarqalgan. Bularning har biri 150—200 gacha o‘simlik turini zararlab, hosilning ko‘p qismini nobud qiladi, sifatini pasaytiradi. Ildizi, bargi bo‘lmaganidan xlorofill yo‘q. Poyasi (0,5—7,5 mm gacha) sarg‘ish yoki sarg‘ishpushti, sershox. Guli oq va oqish-pushti, oval shaklda. Chanog‘i qalpoqsimon, serurug‘. Urug‘i dumaloq yoki tuxumsimon, uchli, g‘adir-budur, usti qattiq po‘st bilan qoplangan. Devpechak, asosan, urug‘idan va qisman poyasidan ko‘payadi. Tuproqda qishlab chiqqan urug‘lari mart — apr, oylarida unib chiqadi. O‘simtalari dastlab kuniga 2—3 sm, 10-kundan boshlab 12—15 sm dan o‘sadi. O‘simtalari biror o‘simlikka chirmashib, urug‘idan ajraladi, o‘simlik tanasiga 2 — 4 marta spiral shaklida o‘ralib oladi va so‘rg‘ichlari bilan o‘simlik shirasini so‘ra boshlaydi. Natijada o‘simlikda modda almashinuvi buziladi, Hosili kamayadi, hatto qurib qoladi. Devpechak, asosan, mevali, manzarali, o‘rmon daraxtlari, tok, buta, rezavor, subtropik va sitrus o‘simliklariga tushib, xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Kurash ch oral ar i: D. tushgan daraxt novdalari qirqib yoqiladi, kuchli zararlanganlari tupi bilan kovlab yo‘qotiladi. Bog‘, tokzor, ko‘chatzor va daraxtzorlarda qator oralari haydab qo‘yiladi, daraxtga tushgan Devpechakni kimyoviy usulda yo‘qotish chorasi hozircha ishlab chiqilmagan (imkon qadar qo‘lda tozalanadi). Ekin maydonlari, yo‘l yoqalaridagi o‘simliklarga tushgan Devpechakni yo‘qotish uchun esa nitrafenning 4% li eritmasi bilan gektariga 1200 l normada dorilanadi. (zarpechak)

Sudraluvchi kakra (Acroptilon Repens (L) D.C.)Asteraceae oilasiga mansub ko‘p yillik karantin begona o‘t hisoblanadi. Bu turdagi o‘tning kelib chiqishi Markaziy Osiyo hisoblansa-da, bu karantin o‘simlik Afrikadan tashqari barcha hududlarda uchraydi. Sudraluvchi kakraning poyasi shoxlangan bo‘lib, uning balandligi 20 sm. dan 40 sm. gacha tik o‘sadi. Ildizi o‘q ildizli, yaxshi rivojlangan. O‘simlikning gullashi va meva hosil qilishi may, iyun oylaridan boshlanib, urug‘i iyul oylarida pishib yetiladi.

Sudraluvchi kakra ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, 30-80 ming dona urug‘ hosil qiladi. Urug‘idan, ildiz bachkilaridan va ildizpoyalaridan ko‘payadi. Aksariyat ko‘p yillik o‘simliklar singari urug‘idan ko‘payish kakra uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Kakra urug‘larining unuvchanligi 3-4 yil mobaynida saqlanadi. Sudraluvchi kakra yengil va og‘ir loyli tuproqlarda yaxshi o‘sadi, tuproq sho‘rlanishiga ham chiday oladi. U qurg‘oqchilik iqlimda va yog‘in miqdori 200-375 mm.ni tashkil etuvchi yarim cho‘l mintaqalarida ham rivojlana oladi. Sudraluvchi kakra yuqori raqobatbardosh o‘simlik, shu bois fitotsenozda u odatda dominantlik qiladi, shuningdek ildiz bachkili ko‘p yillik begona o‘t hisoblanadi. U ekinlarning hosildorligi va sifatini, past tekisliklarning mahsuldorligini pasaytiruvchi haddan tashqari zararli begona o‘tdir. Sudraluvchi kakra urug‘i bilan ifloslangan don qayta ishlanganda u achchiq ta’mli bo‘lib qoladi. Bu o‘simlikda ko‘plab alkoloidlar to‘planadi, shu bois u bilan ifloslangan pichan bilan boqilgan qishloq xo‘jaligi hayvonlarida zaharlanishlar yuzaga keladi. Kakrali pichan, ayniqsa otlar uchun xavflidir. U sigir sutining ta’mini ham keskin buzadi. U ekinlarning hosildorligi va sifatini, past tekisliklarning mahsuldorligini pasaytiruvchi haddan tashqari zararli begona o‘tdir. Sudraluvchi kakra urug‘i bilan ifloslangan don qayta ishlanganda u achchiq ta’mli bo‘lib qoladi. Bu o‘simlikda ko‘plab alkoloidlar to‘planadi, shu bois u bilan ifloslangan pichan bilan boqilgan qishloq xo‘jaligi hayvonlarida zaharlanishlar yuzaga keladi. Kakrali pichan, ayniqsa otlar uchun xavflidir. U sigir sutining ta’mini ham keskin buzadi.

 Dalalarni ushbu begona o‘tdan tozalashda quyidagi agrotexnik choralar muhim ahamiyat kasb etadi:

tuproqqa sifatli ishlov berish;

almashlab ekish qoidalariga qat’iy amal qilish;

ekinlarni parvarishlashda karantin o‘simlikning qayta ko‘payishiga barham beruvchi tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

 

 Paxtachi tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi

Teglar
- -