Noqonuniy ov tufayli fuqaro ham jarimaga tortildi ham ov qurolidan ayrildi
#reyd
Paxtachi tumani Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari tomonidan kuzatuv reyd davomida Quvondiq MFY fuqarosi S.S o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan Istiqbol mahallasi hududida ov qilib yurganlik holati aniqlandi.
Bu holat bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi talablarini buzganligi sababli Paxtachi tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga holat buyicha hujjatlar yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan 2024-yil 23-dekabr kuni ochiq sud bo‘lib o‘tdi va sud jarayonida fuqaro S.Sga nisbatan eng BHMning 10 barobarida jarima jazosi tayinlanib, ov quroli davlat foydasiga o‘tkazildi.
Eslatma: Paxtachi tumanida ov quroli bilan ochiq maydonlarda ov qilish taqiqlangan