insurez
18-09-2025 17:24

Mirzo Olim mahallasini kompleks rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son (https://lex.uz/uz/docs/-6855754) qarori bilan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va ko‘makchi hamkor Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan loyiha doirasida Paxtachi tumanida 4 ta mahalla tanlab olingani haqida xabar bergan edik (https://t.me/Ziyovuddin_Paxtachi/57642).

Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish maqsadida Paxtachi tumani Mirzo Olim mahallasi seminar trening o'tkazlidi.  Ushbu mahallada qo‘shimcha 3 ta transformator o‘rnatish, 8.1 km elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, 4.1 km ichki yo‘llarni asfalt qoplama bilan ta’mirlash, 10-sonli 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish  2025-2027 yillarda bajarish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ijtimoiy soha obyektlarining loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, loyiha doirasida Paxtachi tumanida tanlangan Saroy, Sardoba, Mirzo Olim, Amirobod mahallalalarida jami 52 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

Teglar
- -