insurez
20-01-2025 15:17

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi


Paxtachi tuman 2-son politexnikumida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Falsafa fanlari doktori, adabiyotshunos, tarixnavis olim Sanayev Ismat Sanayevich, hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Paxtachi tuman bo‘linmasi rahbari Kunuzoqov Mehrojbek Mirpo‘latovichlar Behbudiyning hayoti, boy ilmiy-adabiy merosiga bag‘ishlangan ma’ruza qildilar.

 Tadbir davomida o‘quvchilarning badiiy-teatrlashgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Teglar
- -