Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokamasi bo'lib o'tdi
Bugun tuman hokimligida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunlash hamda iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari” bo‘yicha tegishli tashkilotlar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
Muhokamada Paxtachi tumani hokimi o‘rinbosarlari S.Qilichev va A.Qo‘ldoshevlar mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birma bir mavsumga tayyorgarlik bo'yicha so'rov o'tkazib suhbatlashdi.
Mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etish, energiya ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, hamda aholi va ijtimoiy obyektlarga qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.




