Ko'prik bo'yicha MUNOSABAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-sonli qarorining 15-bandi va 2022-yil 18-noyabrdagi “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-426-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi “Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 901-sonli qarorining 4-ilova asosan viloyat hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida va ko‘priklarda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Paxtachi tuman hududidan o‘tuvchi D077 (4R185) “M37 avtomobil yo‘li(125 km.dan) – Qarnobota q.” avtomobil yo‘lining 8-9 km oralig‘idagi ko‘prik tabiiy ofat natijasida ta’mirtalab holga kelib qolganligi hamda bir necha yillar davomida yog‘ingarchilik va sel toshqinlari yuzaga kelishi natijasida, suv hajmi mavjud quvurga sig‘masdan qatnov qismiga ko‘tarilib, transport vositalarini xavfsiz harakatiga jiddiy xavf solib kelmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan ushbu D077 (4R185) “M37 avtomobil yo‘li(125 km.dan) – Qarnobota q.” avtomobil yo‘lining 8-9 km oralig‘idagi ko‘prikni ta’mirlash ishlarini olib borish uchun Paxtachi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DMni pudratchi etib tayinlashga va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash “Ravon yo‘l loyiha” xususiy korxonasini bosh loyihachi etib tayinlash, belgilash to‘g‘risidagi taklifini, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqib, pudratchi va loyihachini tayinlash bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.