14-06-2025 15:51
IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi haqida...
2025 yil 10-11 iyun kunlari Xalqaro kongress markazida Prezidentimiz ishtirokida to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Forumda 7,5 mingdan ortiq delegat,jumladan,100 ga yaqin davlatdan salkam 3 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli forumda davlatimiz rahbari o‘z nutqida amaliy islohotlarni e’tirof etar ekan, qator muhim hamkorlikdagi tashabbuslarni haam ilgari surdi. Xususan, “yashil” iqtisodiyot modeliga o‘tish, raqamli texnologiya va sun’iy intellekt iqtisodiyotning “drayveri”ga aylantirish, bugungi sharoitda moliyaviy tizim va texnologiyalar keskin o‘zgarayotgani, “To‘rtinchi sanoat inqilobi” “texnologik minerallar”ga talabni bir necha karra ko‘paytirish kabi tashabbuslar shular jumlasidandir.
Sir emas, “yashil” iqtisodiyot bugungi davr talabi. Busiz taraqqiyot bo‘lmaydi. Shu bois mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash uchun aynan “yashil” energetikani rivojlantirish ustidan ulkan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
“Yangi O‘zbekiston – investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati” degan tamoyilni amaliy natijalarga aylantirish maqsadida barcha choralar ko‘rilayotgani, global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan ishonchli qoidalar bo‘lishi shart va zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bu borada Jahon savdo tashkilotining alohida o‘rni bo‘lib, kelgusi yilda ushbu Tashkilotning a’zosiga aylanish bo‘yicha hamkorlarimiz bilan faol ish olib borilayotgani, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratib berishda barcha choralar ko‘rilayotgani e’tirof etildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda qo‘shnilarimiz bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va do‘stona siyosat natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi hamkorlik muhiti shakllangani ta’kidlandi.
Umuman olganda, ushbu forum mintaqa va dunyo sarmoyadorlari uchun ishonchli, barqaror va foydali makonga aylanishiga xizmat qiladi. Hukumat va investorlar o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlab bergan ushbu majlisda investitsiya muhitini yaxshilash istiqbollari, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish choralari va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan aniq tashabbuslar ilgari surildi. Yalpi majlisda so‘z olgan kengash a’zolari Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar dasturi natijalarini yuqori baholash bilan birga, davlatimiz rahbariga investitsiyaviy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga qat’iy intilishi uchun minnatdorlik bildirdi.
Albatta, bularning barchasi dunyo hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi va ishonchining yildan-yilga ortib borayotganidan dalolat beradi.
14-Amir Temur saylov okrugi deputati,
Paxtachi tumani "Mirzaev Shuhrat Kenjaevich" fermer xo‘jaligi boshlig‘i
Mirzaev Shakat Kenjaevich