Issiqxonalar faoliyati o'rganildi
Paxtachi tumanda faoliyat ko'rsatayotgan issiqxonalar tuman ishchi guruhi tomonidan monitoring qilindi.
Jumladan "Sirojiddin Abror agro lux" fermer xo'jaligi, "Muhammad 2017" MCHJ, "Muzaffar Yoqub" fermer xo'jaligi, "Madina savdo belgisi" xususiy korxonasi, "Qurbon Quldosh mevasi" va "Yorug' bo'ston" fermer xo'jaliklarida yetishtirilayotgan pamidor, bodring, ko'kat va limon kabi mahsulotlar eksportbop bo'lib, ichki va tashqi bozorda sotib kelinmoqda.
O'rganishlar davom etmoqda.