Islohotlar inson va uning farovonligi uchun
15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta`limi tizimida islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusida ustuvor vazifalar yuzasidan vidioselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Davlatiniz rahbari yig`ilishda bilimli, teran, fikrli vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun yurtimizda barcha shart -sharoitlar yaratib berilayotgani haqida gapirar ekan bu o`zgarishlarni oxirgi yillarda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasidan ko`rishimiz mumkin.
- Barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o`zgartiriladi;
- Oltita oliy maktab tashkil etiladi;
- Fanlar soni 20 tadan 15 taga;
- Ta’lim yo`nalishi 31tadan 17 taga tushiriladi;
-Pedagogika oliygohlarining xorijiy til sertifikati bor o`qituvchilari Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi;
-Maktablarda 17 ta fanning har biri bo`yicha alohida tayanch maktabning 1 nafar o`qituvchisi malaka oshirish markazida o`z yo`nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi va ularga trener maqomi beriladi. Trenerlar o`ziga biriktirilgan hududdan 25-nafar yetakchi o`qituvchilarni o`qitadi. Qolganlarning malakasini oshirib boradi;
- Pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan har bir tumandan o`qituvchilar xorijga yuboriladi;
-”Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi va Garvirdchilar maktabi ochilishi. Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Unga 8- sinf bitiruvchilaridan 60- nafari saralab olinadi:
- Yangi maktablar qurilishi uchun Islom taraqqiyot banki 200 million dollar ajratib, 58 ta maktab qurilib, 72 ming o`quvchi o`rni yaratilishi;
- Yoz oylarida yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha sport, fan, kasb tugaraklari ochilishi bo`yicha;
- O`zlashtirishi past darajadagi maktablarga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, haftasiga 6 soatlik o`quv kurslari tashkil qilinishi;
- Yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi bo`yicha;
-“Yoshlar turizmi oyligi” o`tkazilib 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinishi haqida gapirib o`tdilar.
Bu maqsad va vazifalari ro`yiobga chiqishida biz deputatlar ham o`z hissamizni qo`shishimiz, joylarda targibot, tashviqot ishlari olib borishimiz zarur.
Samanov O'ktam Rustamovich
Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashiga
18-Xumor saylov okrugidan saylangan deputati