insurez
29-01-2025 12:51

Ijodkor bilan uchrashuv


25--yanvar  kuni Paxtachi  tumani  MMTBga  qarashli 47--umumiy  o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni adabiyotga, ijodga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ijodiy tadbir  bo‘lib  o‘tdi.
Tadbir mehmoni O‘zbekiston Respublikasi  Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, Respublika  Xalq ta’limi a’lochisi, "Ma’naviyat fidoyisi"  ko‘krak nishoni sovrindori, taniqli shoir O‘lmasbek Samarqandiy bo‘ldi.
Tadbirda o‘quvchilar shoirning she’rlaridan aytdilar, raqslar ijro etildi.
Tadbir davomida O‘lmasbek ijodi, o‘qituvchilik faoliyati haqida so‘zlab berdi. O‘quvchilarga kitob insonning eng yaqin  do‘sti ekanligi haqida qimmatli maslahatlar  berdi.
Tadbir so‘ngida maktab direktori Shuhrat Arziqulov shoir O'lmasbek Samarqandiyga ijodiy muvoffaqiyatlar tiladi.

Teglar
- -