insurez
31-01-2025 08:35

Huquqiy masalalarda ekspert maslahatchi faoliyatidan


      Paxtachi tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyat yuritayotgan  Huquqiy masalalarda ekspert maslahatchi tomonidan  qo‘yidagi

1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;

2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar; (og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar)

3. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;

4. Kam ta’minlangan oilalar;

5. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar;

6. Ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan ota-onalar;

7. Voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo‘lgan) onalar va otalar;

8. Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalar;

9. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar;

10. Ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalar;

11. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar;

12. Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar.

Ushbu 12 toifadagi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 18-oktyabrdagi 977-sonli qonuni, Davlat boji to‘g‘risidagi 06.01.2020 yildagi 600-sonli qonuning 8-moddasiga asosan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish ko‘rsatilgan. Fuqarolarga berilayotgan imtiyozlardan foydalanib fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash  bo‘yicha davlat bojisiz sudlarga arizalar, shikoyatlar, da’vo arizalar, iltimosnomalar kiritishda  amaliy xizmatlar ko‘rsatib  huquqiy maslahatlar berib kelinmoqda.

 

Nurmuradov Sharif Shamsiddinovich

Paxtachi tumani «Inson» ijtimoiy

xizmatlar markazining huquqiy

masalalarda ekspert maslahatchisi

Teglar
- -