insurez
17-06-2025 12:51

G‘o‘za tunlami


Paxtachilik, tumanda qishloq xo‘jaligining eng yetakchi tarmog‘i bo‘lib, paxta xom-ashyosidan yuzdan ortiq iste’mol  mollari va texnika bob mahsulotlar tayyorlanadi.  Hozirgi vaqtda g‘o‘za  tunlamiga qarshi kurashda biologik kurash uslubiga katta e’tibor berilmoqda. Bu kurashning boshqa kurashlardan afzalligi shundaki, zararkundalarni  yo‘qotish bilan bir qatorda tabiatga umuman zarar keltirmaydi. Ko‘pchilik olimlarni fikricha faqatgina  g‘o‘za tunlamini o‘zida 150 dan ortiq foydali kushandalarni aniqlagan. Ammo zararkunandalarni yo‘qotishda amaliy axamiyatga moyil turlar uncha ko‘p emas. Pestitsidlarni keng ko‘lamda ishilatishning zararli oqibatlari ma’lum bo‘lmoqda. Chunki ko‘p yillar mobaynida kimyoviy zararli moddalarni surunkali ishlatish natijasida atrof-muxit, suv, havo hayvonot olami zararlanib insonlar salomatligiga katta putur yetkazilmoqda.

 Xozirgi paytda faqat g‘o‘za dalalarining o‘zida g‘o‘za bilan biror bir jixat bo‘yicha aloqador bo‘lgan uch yuzga yaqin turdagi xashoratlar borligi aniqlangan. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, shulardan 8-10% xosilga sezilarli miqdorda zarar yotkazuvchi xashoratlar xisoblanadi. Qolgan 70-80 % zararkurandlarga  qirg‘in keltirib faqat ular xisobiga yashovchilar xisoblanadi. G‘o‘zaga zarar keltiruvchi zararkunandalar ichida ayniqsa g‘o‘za tunlami katta zarar keltiradi. Bu zararkunanda o‘zining yashash va rivojlanish davrida 20-22 tagacha g‘o‘za xosil organlariga zarar keltiradi. Agar bu zararkunandalarga o‘z vaqtida to‘g‘ri ximoya chorasi qo‘llanilmasa g‘o‘za xosilini 35-50 % gacha yo‘qolishi mumkin.

G‘o‘za tunlamiga qarshi uyg‘unlashgan ximoya chorasini qo‘llab tabiatdagi muvozanatni buzilishini biroz bo‘lsa xam oldini olish, kurash vositalarini kerakli vaqtlarda  iloji boricha biologik kurash usulidan foydalanib g‘o‘za tunlamini g‘o‘zadagi zararini kamaytirish haqida ma’lumotlar berib o‘tishni lozim deb bildik.

G‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera hb) g‘o‘zani eng muxim asosiy zararkunandalardan biri xisoblanadi. U 120 dan ortiq o‘simliklarda rivojlanadi va zarar keltiradi. G‘o‘za tunlami tangachaqanotlilar (Lipidoptera) oilasiga mansubdir. G‘o‘za tunlamining kapalagi yirik qanotini yozganda 30- 40 mm keladi. Tanasining uzunligi 12-20 mm ga boradi. Oldingi qanotlarining markazida bittadan kichikroq yumaloq yuqorirog‘ida esa bittadan yirik buyraksimon qoramtir dog‘i bor. Tanasi oq-qorasimon sariqdan tortib ko‘kish sariq, kulrangacha o‘zgaradi. Orqa qanotlari oldingilariga qaraganda ochroq keng to‘q xoshiyasi o‘rtasida to‘q rangli oysimon dog‘lari bor. Baxorda aprel-may oylarida tuproqning xarorati 15°S dan oshganda kapalaklar uchib chiqa boshlaydi va uchish 20 kundan ko‘proq cho‘ziladi. Tuxumlarni begona o‘tlarga dag‘al kanop bangidevona tugmachagul mingdevonalarga quyadi. G‘o‘za tunlamini birinchi avlodi ertaki ekinlardan no‘xat, pomidor, makkajo‘xori va begona o‘tlarda rivojlanadi. G‘o‘za tunlaminint tuxumi gumbazsimon shaklda bo‘ladi diametri 0,5-0,7 mm balandligi 0,4-0,5 mm keladi. Tepasidan o‘ziga xos (26-28) qabirg‘alar o‘tgan. Qo‘yilgan tuxumlar dastlab oqish kulrang keyin esa qo‘ng‘ir bo‘ladi. Kapalaklar tuxumlarni  asosan bittadan o‘simlikni uchki kismidan o‘suv nuqtalarini va gul asoslariga ko‘yadi. Tabiiy sharoitga qarab 4-6 kundan keyin tuxumlardan qurtlar chiqadi. Tuxumdan chiqqan qurt och ko‘k deyarli tipik oqish rangli bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay kurtning boshi qoraydi. Qurtning tanasi mayda qinchalar va xolchalar bilai qoplangan. Olti yoshni kechirishi davrida qurt tanasining tusi xar xil stadiyalarda va o‘simlikning organlarida oziqlanishiga qarab ko‘ng‘ir qora yoki  yashil rangdan sarg‘ish rangacha o‘zgaradi. Oziqlanib bo‘lgan oxirgi yoshdan kurtlar tuproqqa tushadi va bunda 5-12 sm chuqurdikda in xosil qilib g‘umbakka aylanadi.  Oradan 8-12 kun o‘tgach g‘umbakdan kapalak uchib chiqadi. G‘o‘za tunlamining o‘rg‘ochi kapalagi organizmining xayotiy xususiyatiga va qo‘shimcha oziqlanishiga qarab 300 dan 400 gacha tuxum ko‘yadi. Mavsum davomida 3-4 avlod berib rivojlanadi. Qishdaydigan g‘o‘za tunlami asosan g‘o‘za, pomidor va makkajo‘xori bo‘lmagan dalalarda va uvatlarda to‘planadi.  Bu zararkunanda bizni sharoitimizda hamma joyda uchraydigan g‘o‘za tunlami zararkunanda xisoblanib u har xil oilalarga mansub 120 turdan yovvoyi va madaniy o‘simliklar bilan oziqlanadi va zarar keltiradi. Bulardan eng ko‘p ko‘radiganlari g‘o‘za. pomidor, makkajo‘xori tomoni ko‘pgina dukkaklilar shuningdek   oshqovoq, yeryong‘ok va boshqalardir. Bu zararkunanda o‘simlikning xosil organlarini zararlab o‘simlik xosilini keskin kamaytiradi. Kichik yoshdagi qurtlar o‘simlikni yuqori qismidagi yosh xosil organlari bilan oziqlanadi. O‘rta yoshdagi qurtlar shona va gullarni katta yoshdagi qurtlar esa mevalarni yeydi. Har qaysi qurt o‘zining rivojlaiishi davomila 20 ga yaqin xosil organlarini yo‘qota oladi.

Biologik kurash uslubi. O‘simliklarni zararkunandalardan ximoya qilishda biologik kurash asosiy vositalardan biri xisoblanadi.  Biologik usul amalda biror zararkunanda ko‘payib ketish xavfi bo‘lgan joylarda analiz xasharot va kanalarning kushandalarini sun’iy ravishda o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za tunlamini zararlik iqtisodiy chegarasi o‘rtacha 100 o‘simlikda 8-12 dona g‘o‘za tunlamini  lichinkasi bo‘lganda xisoblanadi. Ko‘pchilik olimlarimizni fikricha g‘o‘za tunlamini bir dona qurti o‘zining rivojlanish davrida o‘simlikni 20 dan ortiq xosil organlarini zararlaydi. Shuning uchun zararkunandani zararlik chegarasida aniqlash muximdir. Shunda ularga qarshi ko‘llanilgan kurash choralari iqtisodiy jixatdan o‘zini oqlaydi.  O‘zbekiston sharoitida ko‘sak qurtining keltirgan zarari xisobiga g‘o‘za xosili 35-60 % gacha yo‘qoladi. G‘o‘zani ximoya qilish tadbirdarini umumiy va samarali amalga oshirish g‘o‘za xosilini saqlashda asosiy omillardan biri bo‘lib xisoblanadi. endilikda g‘o‘zani  umumiy ximoya qilish tadbirdari xam tubdan o‘zgarmoqda. bunda uyg‘unlashgan kurash uslubidan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Bu ximoya uslubida barcha kurash choradarini tavsiya etiladi.  G‘o‘za maydonlarida ko‘llanilgan kimyoviy moddalar 4-5 s/ga cha xosildordikni oshiradi. Hozirgi davrda g‘o‘za tunlamining o‘simliklarda aniqlash va kurash chorasini muddati hamda turini belgilash uchun feremon tutqichlar yaratib amaliyotda keng ko‘llanidmoqda. Endilikda g‘o‘zani umumiy ximoya qilish tadbirlari xam tubdan o‘zgarmoqda. Bunda diqqat e’tibor tabiatdagi foydali xashoratlarga qaratilmoqda.

 Ko‘sak qurtiga qarshi  biologik kurashda trixogrammani ko‘sak qurti tuxumiga gektariga 3 gramm ; Brakon ko‘sak kurtiga gektariga 3 marotaba 1000 donadan qo‘llanilganda, Ko‘sak qurti rivojlanish dinamikasi o‘simlikni o‘sish va rivojlanish har o‘n kunda tanlab olingan o‘simdiklardan kuzatib turiladi. Shu olingan ma’lumotlar asosida kurash choralari amalga oshiriladi. Ko‘sak qurtini kapalagini uchishini feremon tutqichlar asosida aniqlandi. Nihollarning zararlanishi iqtisodiy chegarasidan oshganligiga qarab qarshi kurash choralari olib borildi. Shundan oldin va keyin ko‘sak qurtini xisobga olinadi.  Qo‘llanilgan biologik  kurash usulini biologik samaradorligi zararkunandadarni sonini qanchalik kamaytirishga qarab aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik esa olingan qo‘shimcha xosil xisobiga aniqlandi.

 

O‘simliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman bo‘limi

Teglar
- -