"Eski dollarni olmaymiz" deb aytayotganlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi (2009 yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bog‘liq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini ma’lum қилади (https://t.me/markaziybank_matbuotkotibi/6550).
Shu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.
Agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin.