insurez
13-03-2025 15:51

Davlat tili talablariga rioya qiling!


Bugun 13- mart kuni Paxtachi tumani Sultonobod bozorida “Reklama to‘g‘risida”gi 776- son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hokimining Ishchi guruhi tomonidan M-37 yo`lidagi tashqi yozuvlar, reklamalar, davlat tilida imlo xatolarsiz yozilishi hamda talabga javob bermaydigan tashqi reklamalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi. 

Sultonobod bozori atrofidagi o‘ng va chap tarafda joylashgan tadbirkorlik subyektlarini davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun me’yyorlari va qoidalari asosida yozilmagan turli tashqi targ‘ibot vositalar (banner)lar olib tashlandi hamda tashkilot, korxona rahbarlariga ogonlantirish berildi.

Teglar
- -