Dala cheti madaniyati
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2024-yil 30- dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-465 qaroriga muvofiq dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida tanlangan mevali daraxtlar turlari bo‘yicha
MA’LUMOT
Nima uchun ushbu mevali daraxtlar tanlandi?
Olcha - mevali daraxti tuproq tanlamaydi. eksportbop va jaxon bozorida haridorgir. Suvsizlikka, issiq va sovuqqa chidamli, xil tuproqli yerlarda o‘saveradi, sizot suvlar yuza joylashgan yerlarda yaxshi o‘sadi, bachki novdalaridan ham ko‘paytirish mumkin, tez mevaga kiradi, har tupidan o‘rtacha 25-30 kg hosil olishi mumkin. Ko‘p qarov talab etilmaydi. Mevasidan turli konservalar tayyorlanadi, konditer va parfyumeriya sanoatida ham keng foydalanish mumkin. Tashishga qulay. Yana bir qimmatli xususiyati shundaki, uning mevasi to‘kilmaydi, daraxtida saqlanadi.
Ushbu mevalar mavsumda 4 000 - 7 000 so‘mgacha sotiladi, muzlatilgan holda ham uzoq muddat saqlash davomida 35 000 so‘mgacha sotish mumkin. Qayta ishlashda undan sok, jem, murabbo ishlab chiqariladi.
Olxo‘ri - shaftoli, o‘rik va gilosga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Eksportbop va jaxon bozorida haridorgir. Ushbu meva turi ham turli tuproqlarda o‘suvchanligi yuqori. Olxo‘ri sovuqqa chidamli, tez hosilga kiradi, kech gullaydi, shu tufayli har yili hosil beradi. Bu uning qimmatli biologik xususiyatidir. Uning ertagi navlari iyunda, kechki navlari sentyabrda pishadi. Ba’zi kechki navlar (Qora olu) kech kuzgacha yaxshi saqlanadi. Mevalarni yig‘ib olish va tashishga xam chidamli. Mevalarini quruq holatida ham uzoq muddat saqlash mumkin.
Ushbu mevalar mavsumda 3 500 - 5 500 so‘mgacha sotiladi, muzlatilgan holda ham uzoq muddat saqlash davomida 50 000 so‘mgacha sotish mumkin. Qayta ishlashda undan sok, jem, murabbo ishlab chiqariladi. Quritilgan holatida 40 000 – 50 000 so‘mgacha sotish mumkin.
Behi – mevali daraxti issiqsevar. Eksportbop meva maxsuloti. Ayrim navlari tog‘ oldi hududlarda namlik yuqori sharoitda yaxshi rivojlansa, ayrim navlari namlik yetishmagan hollarda qurg‘oqchilikka yaxshi chiday oladi. Behining nafaqat mevasi balik bargi ham tabobatda, yog‘ochi mebelsozlikda qimmatli. Kasallik bilan kam zararlanadi, mevalarini yig‘ishtirish va tashishga qulay, uzoq muddat uy sharoitida saqlash mumkin. Uni qayta ishlash, quritish va konservalash uning qimmatlilik darajasini oshiradi.
Ushbu mevalar mavsumda 10 000 – 20 000 so‘mgacha sotiladi, bundan tashqari muzlatilgan holda ham uzoq muddat saqlash davomida 25 000 – 40 000 so‘mgacha, shok usulida muzlatib saqlashdan so‘ng 40 000 – 60 000 so‘mgacha sotish mumkin. Qayta ishlashda undan murabbo, kompot, marmelad, sukat, kiyom, jemk ishlab chiqariladi.
Uzum- respublikamiza eng ko‘p ekiladigan va yetishtirsh qulay ekin xisoblanadi. Eksportbop va jaxon bozorida haridorgir. Qurg‘ochilikka chidamli, mevasi haridorgir. Uzumni quritilgan holda saqlash va tashish qulay, urug‘idan yog‘ olinadi. Farmsanoat va parfyumeriyada keng foydalaniladi.
Ushbu mevalar mavsumda 6 000 – 25 000 so‘mgacha sotiladi, bundan tashqari muzlatilgan holda ham uzoq muddat saqlash davomida 25 000 – 75 000 so‘mgacha sotish mumkin. Qayta ishlashda undan murabbo,vino ishlab chiqariladi.
Mayiz holatida 40 000 – 100 000 so‘mgacha sotish mumkin.
Bodom - tog‘ oldi hududlarda yaxshi o‘sadi. Eksportbop va jaxon bozorida haridorgir. Qurg‘oqchilikga o‘ta chidamli erta gullovchi, zararkunanda va kasalliklar kam zararlaydi chidamli, mevasi quritilgan holda iste’mol qilinadi va uzoq saqlash, yig‘ib olish va tashishga qulay va ularning mevasidan konditer va yog‘idan parfyumeriya, framsanoat sohalarida ham keng foydalaniladi. Bodom kunjarasi ko‘pgina ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mevasining quruq po‘stidan tayyorlangan ko‘mir, har xil noxush gazlarni singdirish sifatida ishlatiladi. Qish faslida ham kuchli sovuqlarga nisbatan chidamli.
Ushbu mevalar mavsumda 25 000 – 60 000 so‘mgacha sotiladi, bundan tashqari muzlatilgan holda ham uzoq muddat saqlash davomida 50 000 – 120 000 so‘mgacha sotish mumkin. Qayta ishlashda undan bodom mag‘zi, uni, yog‘i, bodom suti ishlab chiqariladi.
Chilon jiyda (Unabi) - biologiyasiga ko‘ra qurg‘oqchilikka chidamli, issiqqa bardoshli va sovuqqa chidamli ekin, mamlakatimizning sizot suvi yaqin joylarda ham rivojlanaveradi, unchalik yer tanlamaydi. Mevasi eksportbop va jaxon bozorida haridorgir. Ma’lumotlarga ko‘ra, unabi -30ºS gacha sovuqqa chidamli. Bir tup unabining 10-15 daraxtidan 50-60 kg gacha hosil olish mumkin. Mevasi qimmatbaho oziqa va tabobatda ko‘p foydalaniladi..
Chilonjiyda mevasi xo‘l holda, quritilgan va qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Ayniqsa,chilonjiyda mevasi shakar qiyomida qayta ishlanib, quritilgani qimmatbaho ozuqa hisoblanadi.
Ushbu mevalar mavsumda 15 000 – 20 000 so‘mgacha sotiladi, bundan tashqari muzlatilgan holda ham uzoq muddat saqlash davomida 35 000 – 40 000 so‘mgacha sotish mumkin. Qayta ishlashda undan chilonjiydani quritib olish hamda konserva va qiyomlar tayyorlash mumkin. Po‘stlog‘idan olinadigan qimmatbaho tannid moddasi terilarni oshlashda qo‘llaniladi, terilarga elastiklik va sarg‘ish rang beradi. Chilonjiydaning poya va novdalaridan olingan smoladan tayyorlangan lak-bo‘yoq asosan plastmassa sanoatida ishlatiladi ishlab chiqariladi.
O‘simliklar karantini va himoyasi
Paxtachi tuman bo‘limi