insurez
03-12-2025 09:30

Brifing: "Yong‘in xavfsizligi oyligi"ni betalofat o'tkazaylik


Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

 

Hukumat komissiyasining tegishli bayoni bilan 1-dekabrdan boshlab     
 
respublika hududida "YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI"ni o‘tkazish belgilandi.

 

Ma’lumki, qish fasli isitish muammosi bilan bog‘liq fojialarning tez-tez sodir bo‘lishi sababli, yilning eng tashvishli mavsumi hisoblanadi.

Bu davrda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning ro‘y berishi ko‘payadi.

"Yong‘in xavfsizligi oyligi" davrida:

- barcha turkumdagi obyektlarda, ayniqsa, ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylar, bozor, yirik savdo majmualari va aholi ko‘p to‘planadigan boshqa obyektlarda keng qamrovli profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari amalga oshiriladi;

- mahallalarda "xonadonbay" tartibida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda aholi o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari yanada kuchaytiriladi;

- alohida e’tibor tunda odamlar qoladigan maskanlarga, qaratilib, muntazam ravishda ko‘riklar o‘tkaziladi.

Fursatdan foydalanib fuqarolarimizdan:

- xonadoningizdagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borishingizni va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etishingizni;

Korxona va tashkilot rahbarlaridan:

- davlat yong‘in nazorati organlarining tavsiyanoma yoki yozma ko‘rsatmalaridagi yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘z vaqtida bajarishingizni iltimos qilib qolamiz.

Hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga muntazam rioya qilishingizni va
"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI"da faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Teglar
- -