“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovining tuman g'olibi aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi asosida faoliyat yuritayotgan nuroniylarning barchasi tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarini jalb etish, bu borada ularning boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish, nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar bilan ishlashda mahallalar hamda vakolatli muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son hamda 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-son qarorlarida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtachi tuman mahallalar uyushmasi, Paxtachi tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Paxtachi tuman bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtachi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov 3 ta shart asosida o‘tkazildi:
1-shart - “Tanishtiruv”
2-shart - “Yoshlar bizning kelajagimiz”.
Bu shartda ishtirokchilar “Bir nuroniy un yoshga mas’ul”
loyixasi doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tayyorlagan
albom shaklidagi va yozma ma’lumotlarni takdim etishadi. Shart hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilari taqdim etgan ma’lumot va albom asosida baholandi.
3-shart - “Nuroniylar bellashuvi”.
Ushbu shartda ishtirokchilar o‘ziga biriktirilgan uyushmagan,
tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lgan yoshlar bilan amalga oshirgan ishlari, yoshlarning muammolariga yechim topgani yoki ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirgani bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tdilar.
Tanlovda har bir sektordan 2 nafardan jami 8 nafar “Keksalar maslahati guruxi” a’zolari ishtirok etdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
Tanlovda:
1-o‘rinni Mirza Salimiy mahallasi “Keksalar maslahat guruhi rahbari D.Quvondiqov
2-o‘rin-Do‘ng mahallasi “Keksalar maslahat guruhi rahbari M.Boboniyozov,
3-o‘rinni esa Keshtali mahallasi “Keksalar maslahat guruhi rahbari T.Boltayevlar egalladilar.
Bu kabi tanlovlar ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik ruhida tarbiyalashga, nuroniylarning yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.