#Bilasizmi
Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi: (https://lex.uz/pdfs/7283077)
- ota-onasi vafot etgan;
- ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
- ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
- ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;
- ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;
- ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;
- ota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.