insurez
03-01-2025 09:44

Baliq sog‘lom ovqatlanishning ajralmas qismidir


#salomatlik

 Baliq organizmning sog‘lom ishlashi uchun zarur bo‘lgan kaltsiy, yod, fosfor, kaliy va selen kabi vitamin va minerallarning boy manbaidir. Bundan tashqari, baliq yog‘ida juda ko‘p omega-3 mavjud.

 Qizig‘i shundaki, yog‘li baliq, qizil go‘sht va parranda go‘shtining o‘xshash vaznli qismlaridan odam mutanosib miqdorda protein va energiya oladi.

 Baliq va go‘shtdagi yog‘larning tarkibi bir muncha o‘zgacha: baliqda omega-3 ko‘p bo‘lsa, hayvonot go‘shtlarida to‘yingan yog‘lar ko‘p.

 Kattalar uchun haftasiga kamida ikki hissa baliq iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Teglar
- -