insurez
26-12-2024 14:06

Aholi turmushi farovonligi yo‘lida zamonaviy loyihalar amalga oshirilmoqda


Aholi turmushi farovonligi yo‘lida zamonaviy loyihalar amalga oshirilmoqda

Paxtachi tumani Yobu mahallasi hududida “AVTO KOMPLEKS NAVOIY ” MCHJ tomonidan avtomobillarni sotish va ularga kafolatli servis xizmat ko‘rsatish markazi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugun 26-dekabr kuni ushbu loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov va mutasaddilar tanishdilar.
 
Eslatib o‘tamiz: Loyiha qiymati 1,2 mln dollar, yillik eksport hajmi 0,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi. 30 nafar fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratiladi. Ushbu loyiha 2025 yilning birinchi yarmining so'ngida ishga tushadi.

Teglar
- -