insurez
22-01-2025 15:17

Aholi salomatligi yurt boyligi!


 Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasining tegishli buyrig’I asosida Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Xayit Elbegi Oilaviy poliklinikasida bugun 22-yanvar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik o’tkazildi.
Ko'rikda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasining bir guruh mutaxassislari: kordiolog, nevropotolog, endokrinolog, urolog, oftolmolog, ginekolog, onkolog, dermatovenerolog kabi mutaxasislar ishtirokida Xayit Elbegi Oilaviy poliklinikaga tegishli 10-ta mahallaning 0 -5 yoshgacha bolalar, homiladorlar, tug’ish yoshidagi ayollar, surunkali kasalligi bor bemorlar, keksa nuroniy otaxon va onaxonlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Aholiga tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va sifat samaradorligini oshirish maqsadida mobil oftolmolog va UTT, zamonaviy elektrokardiografiya, bioximik analizatorlar yordamida ko'riklar tashkil etildi.

Bundan tashqari “Sog’lom avlod” jamg’armasi xodimlari tomonidan 13 turdagi dori darmon va ko’zoynaklar tarqatildi.
Ko'rikdan 356 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tor mutaxassislar ishtirokida 428 ta ko'riklar tashkil etilib, 153 nafarida kasalliklar aniqlandi.
Ko’rikda aniqlangan kasalliklarning 8 nafari viloyat shifoxonasida 18 nafari tuman shifoxonasida 62 nafari OSHP kunduzgi shifoxonasida 128 nafari ambulatoriya sharoitida davolanish uchun yo'llanma va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -