Aholi salomatligi muhim masala
Paxtachi tuman Tibbiyot birlashmasi zamonaviy diagnostika va davolash jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirda nafaqat tuman, balki qo‘shni tumanlar aholisiga ham sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bugungi kunda birlashmada аholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida qurilish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 32-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputat Jasurbek Shodiyev tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, birlashmada olib borilayotgan ishlar va bo‘limlarda aholi salomatligini saqlash borasida yaratilgan sharoitlar va muammolarni o‘rgandi. O‘rganish davomida Gemodializ, reanimatsiya, EKG, Terapiya bo'limi sharoitlarni ko’zdan kechirib, bemorlar bilan suhbatlashdi.