insurez
24-12-2024 13:50

Aholi muammolari oʻrganilib, oʻz yechimini topmoqda


Aholi muammolari oʻrganilib, oʻz yechimini topmoqda 

Paxtachi tumani 2-sektor hududidagi “Shamsnazar” mahallasida aholi muammolarini tizimli hal etish maqsadida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minoti, yo‘l hamda ko‘mir taʼminotida amaliy yordam berish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, muddat va mablag‘ talab qilinadigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Qabuldan so‘ng, fuqarolar bilan yashash uylarida uchrashilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Teglar
- -