insurez
04-02-2025 08:35

12 % daromad solig’ini qaytarish qaysi holatlarda rad etiladi?


 Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan: 

 Professional va oliy ta’lim tashkilotlariga to’langan kontrakt to’lovlar;

 Maktabgacha ta’lim yoki maktablarga farzandlari uchun to’langan to’lovlar;

 Ipoteka kreditiga to’langan to’lovlar uchun 12 % daromad solig’ini qaytarib olishingiz mumkin.

 Belgilangan tartibdagi hujjatlar to’liq taqdim etilsa, murojaatingiz ijobiy hal etiladi. Shunday holatlar ham borki, ularni e’tiborsiz qoldirsangiz,  arizangiz rad etilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ular quyidagilar:

-  Pul mablag’larini mustaqil to’laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi biriktirilmagan bo’lsa;

-  To’langan pul mablag’lari deklaratsiya taqdim etilayotgan yilga nomuvofiq bo’lsa;

-  Pul mablag’lari imtiyoz oluvchi tomonidan to’lanmagan bo’lsa;

-  Olingan ta’lim krediti summasi imtiyoz summasi sifatida kiritilgan bo’lsa;

- Asosiy va asosiy bo’lmagan ish joyidan olingan daromadlar hisoboti taqdim etilmagan bo’lsa;

- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi hisob-kitobi “0” yuborilgan bo'lsa;

 

 Imtiyoz yuzasidan murojaat qilgan shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladigan daromadga ega bo'lmagan bo'lsa, bu ariza rad etilishiga sabab bo'ladi.

Teglar
- -