Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-yilning 21-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 29-Jona saylov okrugidan saylangan deputat Chorshayev Abdunazar Raxmatovichni bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 6 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2024-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Haydarovning axboroti eshitildi. Axborot muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Tuman hududida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarlarining hisoboti eshitildi. Hisobot so‘ngida
Kun tartibidagi navbatdagi masala Tumandagi 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida taklif berildi va taklif maqullanib tasdiqlandi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ayrim tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida bo‘lib quyidagi masala muhokama qilindi va tassdiqlandi.
Kun tartibidagi keyingi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi va muhokama qilinib tasdiqlandi.
Kun tartibidagi so‘ngi masala Tuman hokimi va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida tuzilgan yer ijarasi shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tog‘risida bo‘ldi. Tuman deputatlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib masala tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani
Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-yilning 1-iyul kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz o‘n birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 21 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 8 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 1-Qo‘shhovuz saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Kenjayev Farxod Babamuradovichni bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 5 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ayrim tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi. Taklif muhokama qilinib, bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi navbatdagi Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib, deputatlar o‘rtasida atroflicha muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi keyingi masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi. Axborot berish bo‘yicha tartiblar deputatlar orasidan muhokama qilinib o‘z tasdig‘ini topdi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida bo‘lib, mazkur qaror mazmuni bilan deputatlar yetarlicha tanishib chiqishdi va bir ovozdan maq’ullandi.
Kun tartibidagi so‘ngi masala Tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning hisoboti eshitildi. Hisobot muhokama qilinib tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani
Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n uchunchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-yilning 2-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz o‘n uchunchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 11-Mojar saylov okrugidan saylangan deputat Arziqulov Shuhrat Eshpulatovichni bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 8 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi va masala muhokama qilinib ma`qullandi.
Kun tartibidagi keyingi masala Paxtachi tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida bo‘lib, masala tasdiqlandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hamda 2024-yil 2-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida bo‘ldi. Masala deputatlar o‘rtasida muhokama qilinib, tasdiqlandi.
Kun tartibidagi keyingi masala Paxtachi tumanining chegara chizig‘i chizmasi va tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi. Bu masalada ma`sullar muhokama qilib masalani tasdiqladilar.
Kun tartibidagi navbatdagi masala Tumanda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida bo‘lib, masala atroflicha muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi yettinchi masala Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonining ijrosi yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning hisoboti eshitildi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi so‘ngi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmonining 17-bandi ijrosi bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i B.Azizovning hisoboti eshitildi. Hisobot muhokama qilidi va tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 114 - sessiyasi
K U N T A R T I B I
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yichaokrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarnitavsiya etish to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida.
3. Tuman hokimining 2024-yil 6-avgustdagi “Paxtachi tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-7-102-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti.
5. Tumanda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatini takomillashtirish, belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi B.Urinovning hisoboti.
LOYIHA-1
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha
okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni
tavsiya etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasi,
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi
Q A R O R Q I L A D I :
1. Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining 2024-yil 7-avgustdagi 13-sonli qaroriga muvofiq, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha jami 60 ta saylov okrugi tuzilganligi, shundan 2 tasi Paxtachi tumani hududiga mansubligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Mansurovning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha tumandagi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan nomzodlar haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha Paxtachi tumanidagi “37-Sultonobod” hamda “38-Xumor” okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar ro‘yxati tegishlicha 1-2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin hamda Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etilsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri (R.Magripova) okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni
Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 19-iyuldagi 1352-sonli qaroriga muvofiq, “E-SAYLOV” axborot tizimi orqali Hududiy saylov komissiyasiga yuborilishini ta’minlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri (R.Magripova) zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari Paxtachi
tumani Kengashi raisi M.Xamdamov
LOYIHA-2
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 3-fevraldagi KQ-4–IV-sonli Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 8-iyuldagi 23-sonli Qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 10-iyuldagi 22/2896-sonli xatiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining
2024-yil 8-iyuldagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyatining namunaviy ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida”gi 23-sonli Qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining xodimlari mazkur Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, tegishli ishlarni amalga oshirishlari belgilab qo‘yilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri (R.Magripova) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Paxtachi
tumani Kengashi raisi M.Xamdamov
LOYIHA-3
Tuman hokimining 2024-yil 6-avgustdagi “Paxtachi tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-7-102-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz o‘n to‘rtinchi sessiyasi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Tuman hokimining 2024-yil 6-avgustdagi “Paxtachi tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-7-102-Q/24-sonli qarori tasdiqlansin.
Xalq deputatlari Paxtachi
tumani Kengashi raisi M.Xamdamov