Paxtachi tuman hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
4. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.
5. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimligi, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;
hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;
aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovatsion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish;
qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.
7. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligi qaror va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligi qaror va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda tumanni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligi qaror, farmoyish va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;
hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi
8. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash xamda olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari shuningdek qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
hududiy boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari tuman Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
9. Boshqaruv apparati:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va viloyat xokimligining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligi, xalq deputatlari tuman Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror, farmoyish va topshiriqlarining, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining hududiy boshqaruv organlari tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi
10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi, yuridik xizmat, hokim o‘rinbosarlarining majmualaridan iborat bo‘ladi.
Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi.
11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan tuman hokimligi boshqaruv apparatining vazifalar taqsimoti, ushbu Nizom, Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, hokim o‘rinbosarlari majmualari to‘g‘risidagi Nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.
12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi, yuridik xizmat o‘z faoliyatida hokimga bo‘ysunadi.
Majmualar o‘z faoliyatida hokimning tegishli o‘rinbosarlariga bo‘ysunadi.
13. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari viloyat xokimligi Tashkiliy-nazorat guruxi bilan kelishgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh yuriskonsult viloyat Adliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokim o‘rinbosarining mutaxassislari, hokimning tegishli o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
14. Tashkiliy-nazorat guruhi, hokim o‘rinbosarlarining majmualari to‘g‘risidagi Nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya kotibi va yuridik xizmatning funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.
V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish
15. Boshqaruv apparati ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimining qaror, farmoyish va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, hokimlik, tarkibiy bo‘linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
16. Hokim o‘rinbosarlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan:
a) iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash;
tumanning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;
hududiy boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;
pochta va telekommunikatsiyalar faoliyati, arxiv ishi va intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi va tuman xokimi qarorlari bajarilishini tashkil etish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy budjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, viloyat va mahalliy budjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy budjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
tumanning birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish
chora-tadbirlarini amalga oshirish;
iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pullik xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;