Musirmanov Shuxrat Jurayevich

Musirmanov Shuxrat Jurayevich

1970 yil Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan.

Ma’lumoti - oliy, 1993 yilda Тoshkent texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo’yicha sanoat va grajdan qurilishi.

1993-1995 yillarda Navoiy viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli qurilish korxonasi ustasi;

1995-2000 yillarda "Paxtachigaz" korxonasi nazoratchisi;

2000-2003 yillarda "Paxtachitexgaz" idorasi boshliq o’rinbosari;

2003-2004 yillarda "Paxtachigaz" filiali aholi bilan ishlash brigada boshlig’i;

2004-2006 yillarda "Paxtachitumangaz" xududiy gaz korxonasi gaz sotish va uni hisobga olish xizmati boshlig’i;

2006-2010 yillarda "Markazgazta’minot" unitar korxonasiga qarashli "Paxtachigaz" filiali aholi xamda ulgurji iste’molchilarga gaz sotish va uni hisobga olish xizmati boshlig’i;

2010-2017 yillarda "Markazgazta’minot" unitar korxonasiga qarashli "Paxtachitumangaz" filialining bosh muxandisi;

2017-2018 yillarda Samarqand viloyati bo’yicha xududiy gaz ta’minoti filiali yetakchi muxandisi;

2018-2019 yillarda Samarqand viloyati bo’yicha xududiy gaz ta’minoti filiali Kattaqo’rg’on tumanlararo № 4-uchastkasi Paxtachi xududida katta ustasi vazifalarida faoliyat olib borgan.

2019 yil 21 iyundan boshlab Paxtachi tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM