Saytga o'zgartirish kiritilmoqda CTRL+F5 bosing

Ulug’ Vatan urushi qatnashchilari doimo e’tiborda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2705-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Тibbiyot birlashmasi tomonidan tumandagi ulug’ Vatan urushi qatnashchilariga alohida e’tibor berilmoqda. Birlashma hamshiralari tomonidan ular tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, bepul dori-darmon vositalari berildi hamda patronaj hamshiralar nazorati kuchaytirildi.

Eslatib o’tamiz: bugungi kunda tumanda ulug’ Vatan urushi qatnashchilaridan ikki nafari omon qolgan. Ular Odilov Тo’xli hamda Safarov G’affor bobolar.

Odilov Тo’xli (Qaynarbuloq mahallasi) 1924 yil Paxtachi tumanida tug’ilgan. 1943 yilda Rossiyaning Sompolosipiy shahriga borib, shundan keyin Germaniyaning Zidday Хouzin shahri va Morfenburg shaharlarida 1943-1946 yilgacha xizmat qilgan. 1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligi, 60 yilligi, 65 yilligi,70 yilligi yubiley medallari bilan mukofotlangan.

Safarov G’affor (Bog’oloni mahallasi) 1924 yil Paxtachi tumanida tug’ilgan. 1942 yil Buxoro viloyatining Qorako’l tumaniga oktabr oyida borib, 1 oyda tayyorlov kursidan o’tib, Rossiyaning Voronej shahriga urushga borgan. 1943 yilda Germaniyaning Kenisberg shahrida urushda qatnashib yarador bo’lgan. 1944-yil Qrimga urushga borgan va 24-Gvardskiy diviziyasida xizmat qilgan. 1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligi, 60 yilligi, 65 yilligi, 70 yilligi yubiley va “Jasorat” medallari bilan mukofotlangan.