Saytga o'zgartirish kiritilmoqda CTRL+F5 bosing

Kitob yarmarkasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 15 aprel kuni Paxtachi tumani Qarnabota qishlog’ida joylashgan 45-umumta’lim maktabida kitob yarmarkasi bo’lib o’tdi. Paxtachi tumani xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Mirzayeva maktabga tashrif buyurib, yarmarkada ishtirok etdi va maktab kutubxonasiga kitoblar sovg’a qildi. Bundan tashqari ushbu maktabda tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi a’zolarining ishlari bilan tanishib, ularga o’zining kerakli tavsiyalarini berdi. Maktabdagi boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasining ish faoliyati tanqidiy o’rganilib, kelgusida ularning faoliyatida kamchiliklar bo’lmasligi uchun kerakli maslahatlar berildi.