Ommaviy tadbirlar

“Ommaviy yurish musobaqasi”ning final bosqichi bo’lib o’tdi

Paxtachi tumanida nuroniy otaxon va onaxonlar o’rtasida “Gulobod” mahallasida “Ommaviy yurish musobaqasi” tuman final bosqichi o'tkazildi. Musobaqa g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbirdan so’ng nuroniy otaxon va onaxonlarimizga doshqozonda osh, bir piyola choy dasturxoni tashkil qilindi.

        Сана: 20/02/2019 - 18:43


“Yoshlar sog’lom turmush tarafdori” shiori ostida shaxmat musobaqasi tashkil etildi

2019 yil 15 fevral kuni Paxtachi tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda tuman sport bo’limi tashabbusi bilan “Yoshlar sog’lom turmush tarafdori” shiori ostida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

        Сана: 16/02/2019 - 10:19


“Ajdodlar ruhi - mangu barhayot” nomli tadbir bo’lib o’tdi

24-umumiy o'rta ta'lim maktabida Alisher Navoiyning 578-yilligiga hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 536-yilligiga bag'ishlangan “Ajdodlar ruhi - mangu barhayot” nomli tadbir 9-sinf o'quvchilari tomonidan tashkil etildi.

        Сана: 14/02/2019 - 17:26


“Yosh kitobxon” ko’rik-tanlovining 3-bosqichi bo’lib o’tdi

10-14 yoshdagi yoshlar o’rtasida 2018 yildagi "Yosh kitobxon" ko’rik-tanlovi respublika bosqichi g’olibi Paxtachi tumani 24-maktab o’quvchisi Mahliyo O’roqova o’zining egallagan yutuqlari orqali butun tumandagi yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqish va mehrini yanada kuchaytirdi. Unga havas qilgan yoshlar tumandagi fan olimpiadalari va ko’rik-tanlovlarida yanada faol ishtirok eta boshlashdi.

        Сана: 14/02/2019 - 17:18


Ziyovuddinda “Navoiyxonlik” davom etmoqda!

Paxtachi tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli barcha maktablarning ijodiy jamoalari 25-sonli Musiqa va san’at maktabida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlab badiiy kecha o’tkazishdi.

        Сана: 11/02/2019 - 17:44


Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlab kecha o’tkazildi

Paxtachi tuman Хalq ta’limi bo’limiga qarashli barcha maktablarning ijodiy jamoalari 25-son Musiqa va san’at maktabida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng nishonlandi. Navoiy asarlariga sahnalashtirilgan ko’rinishlar barchaning ayniqsa yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

        Сана: 11/02/2019 - 17:16


“Iste’dodli yulduzchalar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

Paxtachi tumani Хalq ta’limi bo’limi tomonidan 2018 yil 15-dekabrda tumandagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’qituvchilariga 2019 yil yanvar oyidan boshlab maktablardagi boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida uch bosqichda “Iste’dodli yulduzchalar” ko’rik-tanlovi o’tkazilishi e’lon qilindi.

        Сана: 04/02/2019 - 18:13


“Хotirangiz qalblarda mangu” shiori ostida madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi

Joriy yilning 29-30 yanvar kunlari O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan tumanda “Хotirangiz qalblarda mangu” shiori ostida korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarida madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi.

        Сана: 30/01/2019 - 18:18


Maktablarda "Men shu aziz yurt farzandiman!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda

Paxtachi tumani maktablarida "Men shu aziz yurt farzandiman!" shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan. Ushbu yo’l xaritasi hamda tarix va huquq fanlari oyligi doirasida tumandagi 20-maktabda 9-sinflar o’rtasida tarix fanidan "Bilimdon o’quvchi" intellektual o’yini o’tkazildi.

        Сана: 22/01/2019 - 16:23

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM