Hokimlik Nizomi

 

Paxtachi tuman hokimligi boshqaruv apparati, uning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi Nizomlarni hamda boshqaruv apparati xodimlarining funksional vazifalarini tasdiqlash to’g’risida

Ҳужжатни PDF форматида юклаб олиш (700 kb)  700 kb

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PK-2691-sonli Qaroriga muvofiq xamda Samarqand viloyat xokimining 2018 yil 8 sentabrdagi 603-Q sonli qarori xamda tuman hokimligi boshqaruv apparati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida,

QAROR QILAMAN:

1. Samarqand viloyat xokimining 2018 yil 8 sentabrdagi “Viloyat hokimligi boshqaruv apparati, uning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi Nizomlarni hamda boshqaruv apparati xodimlarining funksional vazifalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 603-Q sonli qarori raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan:

Quyidagilar:

Тuman hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga;

Тuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi Nizom 2-ilovaga;

Тuman hokimligi Devonxona bo’limi to’g’risida Nizom 3-ilovaga;

Тuman hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining funksional vazifalari taqsimoti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Тuman hokimining o’rinbosarlari, tarkibiy bo’linmalar rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomlar va funksional vazifalar taqsimoti talablariga to’liq rioya etsinlar.

Belgilab qo’yilsinki,

Nizomlar va funksional vazifalarga rioya etilmasligi ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralari qo’llanilishiga asos bo’lib hisoblanadi.

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish bo’yicha takliflar kiritsinlar.

4. Тuman hokimining 2016 yil 1 iyundagi 589-Q-sonli qarori va 2017 yil 3 maydagi 177-F-sonli farmoyishi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

5. Тuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (D.Napasov) tuman hokimligi boshqaruv apparatining barcha xodimlarini o’z vazifalari bilan tanishtirilishini ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

 

Тuman hokimi                                                    V.Raximov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM