Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq elliginchi sessiyasi bo’lib o’tdi

 

Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq elliginchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

30-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi elliginchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi.

Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 23-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mustafoyev bir ovozdan saylandi.

Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 3 ta masala ko’rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

         Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini muhokamasi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM