Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik birinchi sessiyasi

 

Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Bugun 13-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada 30 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat D.Davronov bir ovozdan saylandi.

Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 4 ta masala ko’rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.X.Xaqnazarovning 2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida axborotini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, tumanda 2021-yil Bandlik dasturi ijrosi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ajratilgan budjet mablag‘larini to‘g‘ri va samarali sarflanishini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar hamda Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi yuzasidan tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining hisoboti tinglandi.

         Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli, PQ-54-sonli hamda PQ-55-sonli qarorlari bilan ajratilishi koʻzda tutilgan imtiyozli bank kreditlarini mahallabay tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

                                Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashiga 20-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Xidoyatova Sajida Norberdiyevnaning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.

 

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM