Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

2021-yilning 28-dekabr kuni tuman hokimligi kichik majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada 30 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 21 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 9 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 19-Bodoy saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xalilov bir ovozdan saylandi.

Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 4 ta masala ko’rib chiqildi.

 

Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni,  tumanda Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish bo‘yicha tuman hokimligi Devonxona mudiri E.Sanaqulovning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Abdullayevaning hisoboti tinglandi.

         Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2022-yil I yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

                  Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 2022-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM