Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

 

2021-yilning 21-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat J.Qurbonov bir ovozdan saylandi.

Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 6 ta masala ko’rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni,  yagona onlayn tizimga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Gʻ.Abdurahmonovning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlar tomonidan 2021-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

         Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazilishi to‘g‘risida tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Musirmanovning hisoboti tinglandi.

         Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Qo‘ldoshevning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala, ya’ni, Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni, tumandagi 3, 11, 23, 41-umumta’lim maktablariga direktorlikka tavsiya etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM