2021-yilning 13-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 28 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 2 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 14-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat I.Mansurov bir ovozdan saylandi.
Shundan so’ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 1 ta masala ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2022-yilgi vazifalar to‘g‘risida tuman hokimi M.Xamdamovning murojaati tinglandi.