Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi
2021-yilning 29-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 7 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 5-Ko’rpa saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Egamberdiyeva bir ovozdan saylandi.
Shundan so’ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 5 ta masala ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, yagona onlayn tizimga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Gʻ.Abdurahmonovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazilishi to‘g‘risida tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Musirmanovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Paxtachi tuman Kengashi raisi M.Mamatovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, tumanda investisiyalarni jalb qilish investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i B.Ergashevning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi beshinchi masala, ya’ni, “Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’