Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi
2021 yilning 09 noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 7 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 13-Mirzo Salimiy saylov okrugidan saylangan deputat G.Bobonazarova bir ovozdan saylandi.
Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 10 ta masala ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, yagona onlayn tizimga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to’g’risida tuman prokurori G’.Abdurahmonovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Sharipovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi yettinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanining 2021 yil 4-chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda ko‘paytirish to‘g‘risida tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Paxtachi tumani bo‘limi boshlig‘i R.Sharipovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi to’qqizinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidan tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Burxonovaning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi o’ninchi masala, ya’ni, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.