Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

 

2021 yilning 13-oktabr  kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 15-Hayit-Elbegi saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdullayeva bir ovozdan saylandi.

Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 12 ta masala ko’rib chiqildi.

  Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.X.Xaqnazarovning  2021 yil 9 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qo‘rib chiqilishi to‘g‘risida axborotini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni,  “Ayollar daftari”ga mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan 2021 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida I.Mardanovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi PQ-3981-sonli “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda tumanda past hamda o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformatorni bosqichma-bosqich yangilash bo‘yicha 2021 yil 9 oy davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i F.Berdiyarovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi beshinchi masala, ya’ni, tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Shermatovning 2021 yil 9 oy davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni, tuman toza hudud davlat unitar korxonasi boshlig‘i A.Bozorovning 2021 yil 9 oy davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi yettinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumani byudjetining 2021 yil 3-chorak daromadlar prognoz rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni, tumanda “Mirzayev Shuxrat Kenjayevich” fermer xo‘jaligiga va “Paxtachi klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga g‘allachilik klasteri tashkil etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi to’qqizinchi masala, ya’ni,  tumandagi 3 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi o’ninchi masala, ya’ni,  Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Berdiyarovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi o’n birinchi masala, ya’ni, yoshlarni chiqarish Paxtachi tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Sharipovning hisoboti to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi o’n ikkinchi masala, ya’ni, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM