Bayramingiz muborak bo‘lsin!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda o‘zim nomimdan 25 oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” kasb bayrami munosabati bilan Ichki ishlar organlari xodimlarini, soha faxriylarini shuningdek, yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini samimiy tabriklayman.
Ichki ishlar organlari zimmasiga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajarishda hamda tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tatbiq etishda, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashishda ko‘plab xodimlarimiz qasamyodiga sodiq qolib, barcha hamkasblariga o‘rnak bo‘lmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga fayzu-baraka tilayman.
Mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM