Mehrga tashna qalblar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol a'zolari sifatida tarbiyalash barchamizdan jiddiy e'tibor va amaliy harakatlarni talab qiladi.
Birorta bola “men yetim yoki nogironman” deb o‘ksinmasligi, hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning e'tibori va mehridan chetda qolmasligi kerak.
Buning uchun, ularni eng zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish, bilim olishiga barcha sharoitlarni yaratib berish barchamiz uchun nafaqat vazifa, balki muqaddas burchdir.

  Darhaqiqat, bugun bizning tumanimizda ham ota ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlarni qo‘llab- quvvatlash  maqsadida tadbir tashkil qilindi.

Paxtachi tumani hokimi M/Xamdamov yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish eng birinchi galdagi vazifa ekanligi, ularning xavfsiz yashashi, sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun hamma birdek mas'ul ekanligini, ularning holidan muntazam ravishda xabar olib turish hamda bunday xayrli ishlarni kelgusida ham davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bugun ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab olishimiz zarur.
Albatta, har bir go‘dak bu yorug‘ dunyoga kelar ekan, unga hamma ota-onasi bag‘rida yayrab o‘ssin, baxtli-saodatli bo‘lsin, deb tilak bildiradi.
Lekin, taqdir taqozosi bilan ularning ayrimlari ota-ona mehridan benasib qoladi. Bunday holatda bu norasida bolalarning aslo aybi yo‘q ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz, albatta.
Lekin, bir o‘zimizga savol beraylik, ushbu mehrga muhtoj bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilayaptimi? Afsuski, yo‘q.
Shunday ekan, Paxtachi tumanimizda 36 nafar yoshlarga sektor rahbarlari  va homiylar tomonidan qishgi kiyimlar olib berildi.

36 nafar mehr eʼtibor talab bolalar bilan tuman rahbariyati mehr saxovat dasturxoni atrofida bir piyola choy ustida suhbatlashishdi. Koʻtarinki kayfiyatda oʻtayotgan tadbirda tuman madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari va shoir Oʻlmasbek Samarqandiy  oʻz ijodi va sanʼati bilan xizmatda boʻlishdi.

 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni  ruhiyatini ko‘tarish, ularga sevinch ulashish, dalda berish va qo‘llab-quvvatlashdir.
    Tadbir davomida tuman hokimi yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish eng birinchi galdagi vazifa ekanligi, ularning xavfsiz yashashi, sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun hamma birdek mas'ul ekanligini, ularning holidan muntazam ravishda xabar olib turish hamda bunday xayrli ishlarni kelgusida ham davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM