13 oktyabr-Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Dunyoda ilmiy-texnik taraqqiyoti qanchalik rivojlanmasin, tabiat va inson o‘rtasidagi ayrim muamolar, jumladan tabiiy ofatlar xavfi yildan-yilga ortib, jiddiy talafotlarga sabab bo‘lmoqda.

Keyingi vaqtlarda yer kurrasida sodir bo‘lgan voqealar:  Amerika, Osiyo qit'alaridagi kuchli zilzila va sunamilar, Yevropadagi suv toshqinlari, Islandiyadagi vulqon va Rossiya va Turkiyadagi yong‘inlar ayrim tabiat hodisalari oldida insoniyat birmuncha ojizligi, yetarli darajada tayyor emasligini ko‘rsatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, har kuni dunyoda o‘rtacha 200 ga yaqin kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lar ekan. Lekin tabiiy ofatlarni tizginlash, ularning oldini olishning aniq ko‘rsatmalarini  ishlab chiqish hanuzgacha muammo bo‘lib qolmoqda. Asosiy maqsad, sayyoramizda tabiiy ofatlarning xavfini kamaytirish sohasidagi global madaniyatni shaklantirish, tabiiy ofatlar xavfini bartaraf qilish, ularning oqibatlarini kamaytirish va ofatlarga tayyorgarlikni oshirishdir.

BMTning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish Xalqaro Strategiyasi, Xalqaro Fuqaro muhofazasi tashkiloti va Osiyo tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi   (ADRC)  bu masala bilan bevosita shug‘ullandi. ADRC Osiyo qit'asida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish maqsadidagi asosiy xalqaro hamkorlik tashkiloti sifatida 1998 yil tuzilgan, unga 25 ta mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham a'zo.

Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash maqsadida ish olib boradi. Shu yillar mobaynida tabiiy ofatlarga bag‘ishlangan bir nechta xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi, ularda qabul qilingan hujjatlarda mamlakatlar barqaror rivojlanishidagi davlat strategiyasining asosiy bo‘g‘ini sifatida turli ofatlarning oldini olish va ulardan keladigan zararni kamaytirish chora-tadbirlarini aniq belgilab qo‘yish tavsiya etildi.

Bugungi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish strategiyasidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular yuz bergan taqdirda ham vaqtida jilovlab, salbiy ta'sirini kamaytirish strategiyasiga o‘tilmoqda.

Hozirda dunyo mamlakatlari olimlari oldiga xavfli tabiiy va texnogen jarayonlarni kuzatish, ularni prognoz qilish va oldini olishning yagona tizimini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

2005 yil Yaponiyada o‘tkazilgan 1-Osiyo mamlakatlari anjumanida qabul qilingan “Mintaqada tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Xyogo deklaratsiyasi”ga binoan Osiyo davlatlari 2005-2015 yillar oralig‘ida aholi uchun tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish yo‘nalishida ibratli ishlarni amalga oshirdi.

2007 yil Dehlida o‘tkazilgan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan 2-Osiyo mamlakatlari anjumanida “Dehli deklaratsiyasi” qabul qilinib, 2015 yilgacha mo‘ljallangan harakat dasturini bajarish bo‘yicha hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi.

Dasturda davlatlar darajasida ofatlarga qarshi hamkorlik qilish stategiyalarini ishlab chiqish, tabiiy ofatlarning oldini olishga yangicha ta'lim berish bo‘yicha muhim muammolar, oldindan ogohlantirish tizimini rivojlantirish o‘rin olgan.

Mazkur talablar asosida respublikamizda ham ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston hududlari ham iqlim va tabiiy-geologik sharoitiga ko‘ra bunday ofatlardan xoli emas. Respublikamizning katta qismi seysmik faol hududda joylashgan bo‘lib, shuningdek, sel, suv toshqini, yer va qor ko‘chkilari bilan bog‘liq tabiiy ofatlar yuz berishi ehtimoli mavjudligi bizdan bu masalaga jiddiy e'tibor qaratishni, doimo hushyor va sergak bo‘lishni talab etadi.

Tabiiy ofatlar sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlardagi ahvolni muntazam kuzatib borish, barcha bino va inshootlarni zilzilabardoshlik qoidalariga rioya qilgan holda qurishimiz, mavjudlarining mustahkamligini oshirishimiz muhim masala hisoblanadi.

2001 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Asambleyasi tomonidan 56/195-sonli Qaroriga asosan har yili 13 oktyabr kuni “Xalqaro tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish kuni” deb e'lon qilingan. Respublikamizda va Samarqand viloyatida mazkur kun viloyatimiz aholi va hududlarni, madaniy boyliklar hamda tarixiy boyliklarni tabiiy ofatlardan asrash bo‘yicha qator ijobiy yutuqlarga erishilib kelinmoqda. Bugungi kunda 13-oktyabr “Xalqaro tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish kuni”ni nishonlash viloyatimizda ajoyib an'analardan biriga aylangan.

Tabiiy ofatlarni bartaraf etishda muhim omillardan sanalgan fuqaro muhofazasini ta'minlash, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish, ayniqsa, ayollar va bolalarni tayyorlash ahamiyatlidir. Shunday ekan, favqulodda vaziyatlarning yuz berishiga, xususan tabiiy ofatlarga tayyor turish, ulardan muhofazalanish qoidalarini bolajonlarning yoshlikdan boshlab rgatish joizdir.

Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi umumjahon kompaniyasining amaldagi shiori “Ofatlar xavfini kamaytirish faoliyati maktabdan boshlanadi”, deb bejiz nomlanmagan.

 

Elbek Bayzakov

Paxtachi tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi

FVDT va FM bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM